O‘zbekistonga «Trump» keldi

eʼlon qilindi
UzNex'da Trump ($TRUMP) tokeni savdoga qo‘yildi
Trump token
Foto: Jonatan Raa / Nurfoto / Getty Images

O‘zbekistondagi UzNex kriptobirjasida Trump ($TRUMP) tokeni savdoga qo‘yildi. Bu haqdagi ma’lumotlar birja saytida paydo bo‘ldi.

Foto: Uznex

Token bo‘yicha savdolar va pul yechib olish jarayonlari bugun 22-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi. Depozit joylashtirish esa soat 11:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, $TRUMP — AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bog‘liq memecoin. U 2025-yil 17-yanvar kuni, Trampning prezident sifatida lavozimini bajarishga kirishish oldidan o‘tkaziladigan marosimdan uch kun oldin Solana blokcheynida ishga tushirildi.

Dastlab 1 milliard token yaratilgan bo‘lib, 200 millioni ommaga Initial Coin Offering (ICO) orqali sotuvga chiqarildi, qolgan 800 million token Trampga tegishli ikki kompaniya — CIC Digital LLC va Fight Fight Fight LLC tomonidan nazorat qilinmoqda.

Ayni paytda Coin Market Cap’da token narxi $14,52 ga baholanmoqda.

Trump token
Foto: Coin Market Cap

Avvalroq Kursiv Uzbekistan HUMO tokeni sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek