Qashqadaryodan Rossiyaga tarvuz eksporti boshlandi

eʼlon qilindi
«Dolbi» navli tarvuzlar
Tarvuz eksporti
Qashqadaryodan Rossiyaga tarvuz eksporti boshlandi / Foto: Ko’kdala tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida erta pishar tarvuzlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga eksport qilinmoqda. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yilda tumanda tarvuz yetishtiriladigan maydonlar kengaytirilib, 15 ming gektardan 22 ming gektarga yetkazildi. Shundan 10 ming gektariga eksportbop «Dolbi» navli tarvuz ekilgan.

Bu nav suvsizlik va jazirama issiqliklarga chidamliligi, hosildorligi va eksportga yaroqliligi bilan ajralib turadi va bu nav ancha erta pishadi.

Ayni paytga qadar Qashqadaryodan deyarli 2 ming tonnaga yaqin tarvuz eksport rejimida rasmiylashtirilgan. Jumladan, 15-maydan 20-may kuniga qadar 839 tonna tarvuz Qozog‘istonga, 1437 tonna tarvuz esa Rossiyaga eksport qilindi.

Shuningdek, o‘tgan hafta davomida 4,3 tonnadan ortiq tarvuz mahsulotlari qo‘shni viloyatlar bozorlariga chiqqan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston olma eksportini 5 baravarga oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek