Shimoliy Koreyada yangi harbiy kema suvga tushirilayotganda halokat yuz berdi

eʼlon qilindi
Kim Chen In hodisani «jinoyat darajasidagi beparvolik» deb baholadi
Shimoliy Koreyada yangi harbiy kema suvga tushirilayotganda halokat yuz berdi / Foto: Maxar / Reuters

21-may kuni Shimoliy Koreyada yangi 5 ming tonnalik harbiy kemaning suvga tushirilishi vaqtida yirik halokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, voqea paytida mamlakat rahbari Kim Chen In ham ishtirok etgan. U hodisani «jinoyat darajasidagi beparvolik» deb baholab, bu milliy sha’nni yerga urganini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Kemaning yon tomondan suvga tushirilishi vaqtida muvozanat yo‘qolgan va pastki qismlari shikastlangan. Rasmiy KCNA agentligining xabar berishicha, Kim kemani zudlik bilan tiklashni buyurgan. Halokat Chonjin portida, ko‘plab odamlar ko‘z o‘ngida yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, kema hozirda suvda yonboshlab yotibdi. Voqea bilan bir vaqtning o‘zida port yaqinidan bir nechta qanotli raketalar ham uchirilgan. Bu Shimoliy Koreya tarixidagi eng yirik harbiy kemaning ilk ishga tushirilishi edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Trampning qurol eksporti bo‘yicha qarorini tanqid qilgan edi.

Shuningdek