
Silk Avia aviakompaniyasi «Stixiya» munosabati bilan 3 kun davomida Mo‘ynoqqa aviareyslarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
29 – 31-may kunlari Mo‘ynoqda uzoq kutilgan «Stixiya» – elektron musiqa, san’at va fan festivali o‘tkaziladi. Kompaniya festival munosabati bilan har kuni Nukus – Mo‘ynoq – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvoz davomiyligi 35 daqiqa.
Aviachipta xaridini silk-avia.com rasmiy veb-sayti yoki mobil ilova orqali amalga oshirish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» nashri ichki parvozlarda chiptalar narxi pasayishi mumkinligi haqida yozgandi.