
21-may kuni Xitoyning eng yirik portlaridan biri hisoblangan Tyanjin portidan O‘zbekistonga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Tyanjin porti hozirda dunyoning 180 ta mamlakatidagi 400 dan ortiq portlar bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Yangi ochilgan Tyanjin – Toshkent temir yo‘l yo‘lagi esa yuk tashish masofasini 800 km.ga qisqartirib, yetkazib berish muddatini kamaytiradi. Shuningdek, transport xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pekindan Toshkentga temir yoʻl yoʻnalishi ochilgani haqida yozgandi.