Uzbekistan Airways foydasi I chorakda 19 foizga kamaydi
eʼlon qilindi
Sof foyda 49,6 mlrd so‘m

«Uzbekistan Airways» AJ 2025-yilning I choragida 49,6 mlrd so‘m sof foyda ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 19,3 foizga kam (61,4 mlrd so‘m). Bu ma’lumotlar tashkilot hisobotida e’lon qilingan.
Kompaniyaning sof tushumi 3,8 trln so‘mdan oshib, 12,3 foizga o‘sdi. Shunga qaramay, yalpi foyda 38 foizga kamayib, 171,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra:
- Uzoq muddatli bank kreditlari hajmi 7,5 trlndan 6,8 trln so‘mga tushdi (-9,6%),
- Qisqa muddatli bank kreditlari esa 219,1 foizga oshib, 27,2 mlrd so‘mga yetdi (2024-yilda bu ko‘rsatkich 8,5 mlrd so‘m edi).
Avvalroq «Kursiv» nashri ichki parvozlarda chiptalar narxi pasayishi mumkinligi haqida yozgandi.