
MrBeast nomi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 27 yoshida milliarder maqomiga erishdi va dunyodagi eng yosh o‘zini o‘zi ishlab topgan milliarderga aylandi. Bu haqda Msn.com xabar bermoqda.
Uning boyligi $1 mlrdga baholanmoqda, oylik daromadi $50 mln atrofida. U o‘z faoliyatini YouTube’da boshlagan.
U o‘zining YouTube kanalidan tashqari o‘z loyihalarini ishlab chiqmoqda: Feastables brendi, Beast Games shousi va savdo liniyasi. Amazon bilan striming sohasida ham hamkorlik qilish rejalari mavjud. 2024-yilda Forbes uning daromadini $85 mlnga baholagan. Biroq MrBeast Burgers loyihasi bo‘yicha sud yozuvlari uning 2023-yilda $223 mln ishlab topganini, 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich $700 mlnga ko‘tarilganini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov va bloger celine.dept ishtirokida noodatiy kontent olingani haqida yozgan edi.