Amerikaliklar Britaniya fuqaroligiga rekord darajada ariza bermoqda

eʼlon qilindi
Trampning ikkinchi muddati fonida
Amerikaliklar Britaniya fuqaroligiga rekord darajada ariza bermoqda / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

2025-yilning yanvar – mart oylarida 1 931 nafar amerikalik Buyuk Britaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirdi. Bu 2004-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya xabar bermoqda CNN.

Unga ko‘ra, bu holat AQShda Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanishi bilan bog‘lanmoqda.

2024-yilda esa 5 500 dan ortiq amerikalikka Britaniyada doimiy yashash huquqi berilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga ko‘proqdir. Ekspertlar buni siyosiy vaziyat, pandemiyaga munosabat va soliq tizimidan norozilik bilan izohlamoqda.

Britaniya va Yevropadagi qoidalar qattiqlashayotgan bir vaqtda amerikaliklar sonining ko‘payishi muhojirlik siyosatidagi global o‘zgarishlarga e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq $200 ming to‘lov evaziga O‘zbekistonda 5 yillik yashash guvohnomasi berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek