AQSh sudi Tramp ma’muriyatining Garvardda xorijlik talabalarni cheklash qaroriga to‘sqinlik qildi

eʼlon qilindi
Qaror AQSh Konstitutsiyasiga zid deb topildi
AQSh sudyasi Garvardning xorijlik talabalarni qabul qilish huquqini himoya qildi / Foto: CBC

AQSh federal sudi Donald Tramp ma’muriyatining Garvard universitetining xorijlik talabalarni qabul qilish huquqini bekor qilish borasidagi qarorini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Sud bu qarorni AQSh Konstitutsiyasiga zid deb topdi va universitet hamda 7 mingdan ortiq xorijlik talabalar manfaatlarini himoya qildi.

Ichki xavfsizlik vazirligi Garvardni «antisemitizmni qo‘llab-quvvatlash» va «Xitoy kommunistik partiyasi bilan hamkorlik»da ayblab, talabalarga berilgan ruxsatni bekor qilishni rejalashtirgandi. Biroq sud, bu harakat universitetning akademik erkinligi va talabalar huquqlarini buzadi, deb hisoblaydi.

Garvard universiteti bu qarorni «noqonuniy» deb atab, o‘z mustaqilligini himoya qilish uchun sudga murojaat etgan edi. Sud qarori Tramp ma’muriyatining oliy ta’limga bosimini vaqtincha to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasini olish osonlashishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek