Bitiruv kechasi xarajatlari uchun o‘g‘irlik qilgan o‘quvchilar aniqlandi
eʼlon qilindi
Damas rusumli avtomobildan pul o‘g‘irlangan

Angren shahrida Damasdan maktab o‘quvchilari bitiruv kechasi uchun pul o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
2025-yil 16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Angren shahri Nurchi mahallasida Damas avtomobilidan pul o‘g‘irlangani yuzasidan surishtiruvlar olib borilgan.

Jinoyat 15 – 17 yoshdagi to‘rt nafar maktab o‘quvchisi tomonidan sodir etilgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergovda o‘quvchilar pulni bitiruv kechasi uchun sarflashni rejalashtirganini bildirgan. Bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» maktab o‘quvchilariga ofitsiant yoki yuk tashuvchi sifatida ishlashga ruxsat berilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.