BYD hamyonbop yangi elektromobilini taqdim etdi

23-may 2025 17:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Dolphin Surf
BYD hamyonbop yangi elektromobilini taqdim etdi / Foto: BYD

Xitoyning BYD kompaniyasi Yevropaga o‘zining hamyonbop BYD Dolphin Surf elektromobilini taqdim etdi. Reuters’ning xabar berishicha, bu kompaniyaning ushbu qit’ada sotiladigan o‘ninchi modelidir.

21-may kuni sotuvga chiqqan Dolphin Surf elektromobili 23 ming yevrodan ($26,1 ming) boshlanadi. 322 km masofaga ega bo‘lgan eng arzon versiya shu narxga sotilayotgan bo‘lsa, 507 km masofani bosib o‘tgan varianti 25 ming yevroga baholanmoqda.

BYD Dolphin Surf
Foto: BYD

BYD Dolphin Surf uchta versiyada taqdim etiladi: Active, Boost va Comfort. Active versiyasi 30 kWh batareyaga ega bo‘lib, 220 km WLTP yurish masofasini ta’minlaydi. Boost va Comfort versiyalari esa 43,2 kWh batareyaga ega bo‘lib, mos ravishda 322 km va 310 km WLTP yurish masofasiga ega.

Taqdim etilgan uchala versiya ham iyun oyi oxirigacha 19 990 – 24 990 yevrogacha past narxda sotiladi. Bu haqda kompaniyaning savdo bo‘limi boshlig‘i Patrik Shults ma’lum qilgan.

BYD Dolphin Surf
Foto: BYD

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada faqat Dacia Spring (T03) 20 ming yevrodan kamroq narxda sotiladi. Biroq bu yil 11 ta yangi model 25 ming yevrodan kamroq narxda sotuvga chiqariladi. Ular orasida Volkswagen ID.2, Renault R5, Fiat Grand Panda va Hyundai Inster avtomobillari bor.

Mutaxassislarning fikricha, dunyoda kichik elektromobillarga talab yuqori. BYD ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda bunday avtomobillar savdosi 45 foizga oshib, 170 ming donaga yetgan.

BYD Dolphin Surf
Foto: BYD

Ma’lumot uchun, BYD Dolphin Surf 85 kVt maksimal doimiy zaryadlash tezligiga ega – bu atigi 30 daqiqada batareya quvvatining 10 foizdan 80 foizgacha olishi imkoniyatini yaratishi mumkin.

Avvalroq Aprel oyida BYD elektromobil savdosi bo‘yicha Tesla’ni ortda qoldirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek