Toshkent metrosida harakat to‘xtab qoldi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan so‘roviga javoban
Foto: Sputnik

2025-yil 23-may kuni soat 16:48 da «Olmazor» bekatidan harakatlanishi kerak bo‘lgan 9-sonli metro poyezdi texnik nosozlik sababli harakatdan to‘xtatildi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan so‘roviga javoban rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, harakat tarkibidagi havo kompressori bosimi belgilangan me’yor talablariga javob bermagani aniqlangan va yo‘riqnomaga muvofiq ravishda poyezd elektrodepoga qaytarilgan. Yo‘lovchilar esa xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bekatga tushirilgan.

Poyezdlar harakati jadvaliga minimal ta’sir ko‘rsatgan ushbu holatdan atigi 3 daqiqa o‘tib, orqadan kelgan boshqa harakat tarkibi orqali yo‘lovchilar manzillariga yetkazilgan. Hozirda barcha yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Video: Telegram yulduzlari kanali
Video: Telegram yulduzlari kanali

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TTZgacha uzaytiriladigan yangi metro yo‘nalishi 15-iyundan qurila boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek