Avto

Chevrolet Spark’da bir qator kamchiliklar aniqlandi

Avtomobil eksperti Sergey Zinovyev modelning kamchiliklarini sanab o‘tdi
Chevrolet Spark
Chevrolet Spark’ning bir qator kamchiliklar aniqlandi / Foto: Chevrolet

Avtomobil eksperti Sergey Zinovyev tomonidan Chevrolet Spark’ning bir qator kamchiligi sanab o‘tildi. Bu haqda Auto.mail nashri xabar bermoqda.

Ekspertning fikricha, Spark’ning yurish qismi nozik bo‘lib, yaxshi yo‘llarda 80 – 100 ming km xizmat qiladi. yomon yo‘llarda sharovoylar, tayanch podshipniklar, amortizatorlar va ShRUSlar tezda ishdan chiqadi. Orqa prujinalar esa vaqt o‘tishi bilan cho‘kadi.

Chevrolet Spark
Chevrolet Spark’ning yettita kamchiligi nimalardan iborat / Foto: Chevrolet

Rul mexanizmi zaif bo‘lib, sovuq va sho‘r iqlimda chiqarilgan gaz tizimi qismlari tezda zanglaydi. 1,0 litrli B10D1 dvigateli oddiy. Bo‘sh yurish regulyatori, termostat va yondirish rulonlari muammoli ishlaydi. Dvigatel shamlarni almashtirish uchun havo filtri va havo quvurlarini olib tashlash kerak.

Shuningdek, turbodvigatel va robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan versiyalar qimmat va muammoli hisoblanadi.

Chevrolet Spark
Foto: Chevrolet

Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Spark – kichik o‘lchamli, shahar ichida harakatlanishga qulay bo‘lgan avtomobil. U birinchi bor 1998-yilda Daewoo Matiz nomi bilan ishga tushirilgan. Keyinchalik General Motors (GM) kompaniyasi Spark nomi ostida ishlab chiqarishni davom ettirdi.

Avtomobilning bir nechta avlodlari mavjud bo‘lib, har biri dizayn va texnologiyalar bilan yangilandi. So‘nggi modellarda Apple CarPlay va Android Auto kabi zamonaviy qo‘llab-quvvatlash tizimlari paydo bo‘lgan.

Chevrolet Spark
Spark’ning bir qator kamchiligi / Foto: Chevrolet

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Spark’ning ilk ko‘rinishi haqida maqola va harakatlanish xarajatlari arzon bo‘lgan uchta eng yaxshi avtomobil reytingida Chevrolet Spark ham qayd etilgani haqida yozgan edi.