Avto

Chevrolet yangi elektr pikapini taqdim etdi

U bir martalik zaryad bilan 769 kilometrgacha yura oladi
Chevrolet
Chevrolet yangi elektr pikapini taqdim etdi / Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasi 2026-yil uchun yangi Silverado EV Trail Boss modelini taqdim etdi. Bu haqda Theverge nashri xabar bermoqda.

Model to‘liq elektr harakatlantiruvchiga ega va 769 kmgacha yurish imkonini beradi. Trail Boss yo‘ltanlamas yurishlar uchun 5 sm balandlashtirilgan osma tizim bilan jihozlangan. Avtomobil 35 dyuymli off-road shinalar va 18 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘ladi.

Foto: Chevrolet

Sidewinder rejimi to‘rt g‘ildirakni bir yo‘nalishda burib, manevrni osonlashtiradi. Shuningdek, Terrain rejimi past tezlikda to‘liq nazoratni ta’minlaydi. Elektromotor 725 ot kuchi ishlab chiqaradi. Model 952 kggacha yukni ko‘tarishi, 5669 kg yukni tortib borishi mumkin.

Silverado EV Trail Boss / Foto: Chevrolet

Salon 17,7 dyuymli sensorli ekran va 11 dyuymli raqamli displey bilan jihozlangan. Super Cruise tizimi mashinani avtomatik ravishda, qo‘l tegmasdan boshqarish imkonini taqdim etadi. Avtomobil narxi $72 mingdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt va Chevrolet Cruze avtomobillarini taqqoslagan edi.