Fransiyalik fermer o‘z yeridan 150 tonna oltin topdi

eʼlon qilindi
Yerostida taxminan 150 tonnaga yaqin oltin mavjud
Oltin
Fransiyalik fermer o‘z yeridan 150 tonna oltin topdi / Foto: Getty images

Fransiyalik fermer Mishel Dyupon o‘z yeridan 150 tonna oltin topdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Mirror nashri xabar bermoqda.

Fermerning ta’kidlashicha, o‘zining maydonida yer kovlayotgan paytda yaltiragan narsani ko‘rib qolgan. U chuqurroq qaziganidan so‘ng yerostidan oltin yombilarini topganini aytgan.

Dastlabki baholarga ko‘ra, yerostida taxminan 150 tonnaga yaqin oltin mavjud. Topilmaning umumiy qiymati 3 mlrd funt sterling (4 mlrd yevro) deb hisoblanmoqda.

«Qo‘limda tutganimga ishonolmadim», – deydi Dyupon jurnalistlarga bergan intervyusida.

Topilmadan so‘ng Fransiya hukumati zudlik bilan vaziyatga aralashgan. Amaldagi qonunga ko‘ra, yerdan topilgan oltin davlat mulki hisoblanadi. Hukumat oltinni musodara qilgan va fermerga ruxsatsiz qazish mumkin emasligini bildirgan. Dyupon endi o‘z maydonida ish olib borish uchun rasmiy ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Uning aytishicha, fermasi atrofidagi yerlarni sotib olmoqchi bo‘lganlar ko‘paygan.

Mahalliy aholining fikri esa ikki qutbga bo‘lingan. Ba’zilar ekologiyaga zarar yetishidan xavotirda. Yana bir guruh esa yangi ish o‘rinlari yaratilishidan umidvor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Napoleonning qilichi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek