«Gyeongsangbuk-do» iqtidorlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi «Inno» innovatsion texnoparkda
«Gyeongsangbuk-do» iqtidorlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi / Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Koreya Respublikasining «Gyeongsangbuk-do» provinsiyasi hamda «Gyeonbuk Technopark» bilan hamkorlikda «Gyeongsangbuk-do Global Talent Center» markazi tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Tadbirda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi texnologik hamkorlikning mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. Yangi markaz startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish va yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumi imzolab, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Tadbir doirasida ramziy daraxt ekildi, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va barqaror taraqqiyot ramzi sifatida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek