Hongqi Mercedes S va BMW 7 modellariga raqobatlashadigan modelini taqdim etdi

23-may 2025 11:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hongqi
Hongqi Mercedes S va BMW 7 modellariga raqobatlashadigan modelini taqdim etdi / Foto: Hongqi

Xitoyning Hongqi kompaniyasi tomonidan yangi H9 2025 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Model yangilangan komplektatsiyalar va 2,0 hamda 3,0 litrli turbomotorlar bilan taklif etiladi. Yangi H9 20 dyuymli disklari va run-flat shinalari bilan jihozlangan. Uning Luxury Business Edition va Private Fashion Edition versiyalari mavjud. Ular g‘ildirak disklari dizayni bilan farqlanadi.

Avtomobil Lizun Lighting Package yoritish tizimiga ega. Unga Dream Wings va Beidou Wings optik funksiyalari kiradi. Faralar avtomatik uzoq-yaqinni almashtirishga qodir. Orqa o‘rindiqlar qismida yig‘iladigan stol mavjud. Uch qavatli orqa oynalar issiqlik, shovqin va maxfiylikni ta’minlaydi.

Hongqi
Foto: Hongqi

3,0 litrli motor 340 ot kuchi va 445 N·m momentga ega, u 100 km/soatga 6,4 soniyada chiqadi. 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq g‘ildirakli haydov tizimi mavjud. Yonilg‘i sarfi 100 kmga 8,5 litrni tashkil etadi. 2,0 litrli motor esa 250 ot kuchi va 380 N·m momentga ega, u 100 km/soatga 7,3 soniyada erisha oladi.

Hongqi H9 2025 boshlang‘ich narxi $32,7 mingni tashkil etadi va o‘z sinfidagi arzon variantlardan biri hisoblanadi. U ushbu imkoniyatlari bilan Mercedes S va BMW 7 modellariga raqobatlashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hongqi avtomobillari Leapmotor arxitekturasi bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek