Kia’ning Carnival 2026 miniveni narxlari e’lon qilindi

23-may 2025 17:57 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Kia’ning Carnival 2026 miniveni narxlari e’lon qilindi / Foto: kia.com

Kia kompaniyasi 2026-yilgi yangilangan Carnival miniveni uchun narxlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda 32Carsru nashri xabar berdi.

Baza versiyasi LX (old g‘ildirakdan tortuvchi) uchun narx $36 990 dan boshlanadi, eng to‘liq komplektatsiyadagi gibrid SX Prestige esa $53 090 turadi.

Miniven quyidagi komplektatsiyalarda taqdim etiladi: LXS, EX, SX va SX Prestige. To‘liq g‘ildirakli versiya faqat EX AWD’da mavjud bo‘lib, uning narxi $42 290 etib belgilangan. Gibrid Carnival esa $40 990 – $53 090 oralig‘ida uch xil ko‘rinishda sotuvga chiqariladi.

Barcha versiyalar ikkita 12,3 dyuymli ekran, orqa o‘rindiqlar uchun multimedia tizimi va Dark Edition opsiyasi bilan jihozlangan. Yuqori darajadagi versiyalarda esa VIP-o‘rindiqlar ham mavjud.

Foto: kia.com

2026-yil modeli tashqi ko‘rinishda 2025-yilgi versiyaga o‘xshash bo‘lsa-da, xaridorgirligi ortib bormoqda. Kia Carnival oilaviy avtomobillar orasida yetakchilardan biri bo‘lib qolmoqda. U kenglik, gibrid variantlar va zamonaviy jihozlar bilan ajralib turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi yangi Kia K4 avlodini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek