Yangiliklar

Endilikda maxsus ko‘nikma talab etiladigan davolashni bajargan shifokorlarga 100 foizgacha ustama to‘lanadi

25 foizdan 100 foizgacha
ustama
Maxsus shifokorlarning oylik maoshlariga yuz foizgacha ustama to‘lanadi / Scorzewiak / www.depositphotos.com

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonning barcha davlat tibbiyot muassasalarida maxsus ko‘nikmalarni talab qiladigan davolash choralarini bajargan hamda xavfli amaliyotlarni samarali bajargan shifokorlar uchun 25 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lanadi.

«Elektron sog‘liqni saqlash» tizimi joriy etiladi:

  • 2025-yil 15-iyungacha tajriba-sinov hududlarida;
  • 2025-yil oxirigacha qolgan barcha hududlarda aholi ushbu axborot tizimiga ro‘yxatga olinadi;
  • Har bir fuqaro tibbiyot brigadasiga biriktiriladi.

Shuningdek, «Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar» dasturi doirasida 2025-yil 1-iyundan quyidagi muammolarga tezkor yechimlar ko‘zda tutilmoqda:

  • Tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil etilib, o‘rindiqlar bilan ta’minlanadi.
  • Nogironlar, bemorlar va aholi harakati uchun arxitektura qulayliklari yaratiladi.
  • «Ona va bola» xonalari tashkil etiladi.
  • Barcha xonalar va yo‘laklar tejamkor, zamonaviy yoritish vositalari bilan jihozlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tuman va shaharlarda sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.