Toshkentda qurilish obyekti 1,4 milliard so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Obyekt elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan
Foto: Bosh prokuratura

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «V.K.» MCHJga tegishli qurilish obyektida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy yo‘l bilan ishlatilgani aniqlandi. Obyekt elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Buning oqibatida yirik hajmdagi elektr quvvati noqonuniy ravishda sarflangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» nashri Buxoro va Farg‘onada umumiy 420,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek