OpenAI GPT-4 to‘lov tizimlari va tasvir yaratish funksiyalarini birlashtirdi

23-may 2025 08:44 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
OpenAI GPT-4 to‘lov tizimlari va tasvir yaratish funksiyalarini birlashtirdi / Foto: PCMag

OpenAI o‘zining API xizmatlarini sezilarli darajada yangilab, sun’iy intellektga asoslangan ilovalarni yaratishni ancha osonlashtirdi. Bu haqda VentureBeat nashri ma’lum qildi.

Yangilanish doirasida Model Context Protocol (MCP) joriy qilinib, AI modellarini Stripe, Shopify va Twilio kabi xizmatlarga oddiy kod bilan ulash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, GPT-4o asosidagi rasm generatori va Code Interpreter ham joriy qilindi. Bu vositalar yordamida foydalanuvchilar tasvirlar yaratish, kod tahlili va murakkab hisob-kitoblarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi funksiyalar orasida fayllarni ko‘pvektorli asosda qidirish, shifrlangan mulohazalar, fon rejimi va Zero Data Retention siyosatiga moslik kabi imkoniyatlar ham bor. Narxlar esa avvalgidek saqlanib qolgan: masalan, Code Interpreter uchun sessiya $0.03, fayl qidiruvi esa mingta so‘rov uchun $2.50.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI va Joni Ayv sun’iy intellektli gadjet ustida ishlayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek