O‘zbekiston birinchi marta Global Startup Ecosystem reytingining Top – 100 taligiga kirdi

eʼlon qilindi
Joriy yilda 98-o‘rin
Global Startup Ecosystem
Foto: Unsplash

O‘zbekiston ilk bor Global Startup Ecosystem Index reytingida dunyo bo‘yicha eng yaxshi 100 ta mamlakat qatoriga kirdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Joriy yilda O‘zbekiston 98-o‘rinni egalladi. 2024-yilda esa 110-o‘rinda bo‘lgan edi.

«Mamlakat rekord darajadagi o‘sishni namoyish etib, Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap markaziga va jahon miqyosidagi asosiy g‘oliblardan biriga aylandi», – dedi Shermatov.

Global Startup Ecosystem Index – bu har yili StartupBlink tomonidan e’lon qilinadigan reyting bo‘lib, unda 100 dan ortiq mamlakat va 1400 dan ortiq shaharlarning startap-ekotizimi baholanadi. Reytingda startaplar soni va sifati, shuningdek, biznes muhiti kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan IT Park Ventures uchta startapga $650 ming sarmoya kiritgani haqida yozgandi.

Shuningdek