O‘zbekiston maktablariga 500 dan ortiq britaniyalik va boshqa xorijiy o‘qituvchilar jalb etiladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish bo‘yicha ham memorandum imzolandi
O‘zbekiston maktablariga 500 dan ortiq britaniyalik va boshqa xorijiy o‘qituvchilar jalb etiladi / Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyadagi safar davomida Londonda o‘tkazilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etib, qator xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Forum doirasida ICESCO bosh direktori Salim al Malik bilan bo‘lajak konferensiyalar va hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Cambridge University Press & Assessment bilan esa O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilishga doir memorandum imzolandi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Shuningdek, VSO tashkiloti bilan kelishuvga ko‘ra, yurtimiz maktablariga 500 dan ortiq xorijiy mutaxassis va britaniyalik o‘qituvchilar jalb etiladi.

Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari Stiven Jeyms Morgan bilan bolalar ovqatlanishi borasidagi istiqbollar muhokama qilindi.

Safar davomida «El-yurt umidi» jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashuv va yoshlar imkoniyatlariga oid farmon yuzasidan fikr almashildi. Kembrijdagi «Maktab liderligini rivojlantirish» dasturini tamomlagan pedagoglar bilan ham muloqot qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek