O‘zbekistonda o‘rta umr ko‘rish davomiyligi 75 yoshdan oshdi
eʼlon qilindi
1991-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori daraja

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda umr davomiyligi bo‘yicha 1991-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori daraja.
Yillik dinamikaga ko‘ra, umr davomiyligi quyidagicha o‘sib borgan:
- 1991-yil – 66,4 yosh
- 1995-yil – 69,1 yosh
- 2000-yil – 70,8 yosh
- 2005-yil – 71,8 yosh
- 2010-yil – 73 yosh
- 2015-yil – 73,6 yosh
- 2020-yil – 73,4 yosh
- 2024-yil – 75,1 yosh
Umr davomiyligining bunday barqaror o‘sishi sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi, aholi turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar va profilaktik tibbiy xizmatlarning kengaygani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan $200 ming to‘lov evaziga O‘zbekistonda 5 yillik yashash guvohnomasi berilishi haqida yozgandi.