Yangiliklar

Rossiya O‘zbekistonga suv balansini hisoblashda ko‘maklashadi

30 – 50 yil uchun
Rossiya O‘zbekistonga suv balansini hisoblashda ko‘maklashadi / Foto: Strategy

Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan XI Nevsky xalqaro ekologik kongressida Rossiya Federal Suv resurslari agentligi rahbari Dmitriy Kirillov O‘zbekiston bilan hamkorlikda 30 – 50 yilga mo‘ljallangan suv balansini hisoblash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Tass xabar berdi.

Hisob-kitoblar muzliklarning erishi va suv resurslariga ta’sirini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Kirillovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bu masalaga jiddiy e’tibor qaratmoqda va mutaxassislar o‘zaro hamkorlikda ishlamoqda.

U, shuningdek, Orol dengizi bilan bog‘liq suv muammolarini hal qilish uchun professional yondashuv bilan birga siyosiy konsensus ham zarurligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda ichimlik suvi narxi 1000 so‘mga oshgani haqida xabar bergan edik.