Samsung Galaxy S24 seriyasi uchun xavfsizlik yangilanishi chiqdi

23-may 2025 10:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S24 seriyasi uchun muhim yangilanish chiqdi / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi tomonidan Galaxy S24, S24+ va S24 Ultra modellari uchun yangi yangilanish taqdim etildi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

May oyiga mo‘ljallangan bu xavfsizlik yangilanishi bir nechta muhim tuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yangilanish Android 15 asosidagi One UI 7.0 tizimi uchun chiqarilgan.

U Android tizimida aniqlangan o‘nlab zaifliklarni bartaraf etadi. Shuningdek, Samsung Exynos chiplaridagi zaifliklar ham tuzatilgan. U One UI dasturiy ta’minotida aniqlangan 20 ta zaiflik ham bartaraf etilgan.

Yangilanish hozirda AQShda barcha foydalanuvchilar uchun tarqatilmoqda. Foydalanuvchilarga yangilanishni iloji boricha tezroq o‘rnatish tavsiya etiladi. Yangilanish qurilmalarning xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Z Fold 7 va Tri-Fold modellari titandan yasalishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek