Tojikiston O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qildi

eʼlon qilindi
Ilgari ularning chegaralari faqat ma’muriy tusda bo‘lgan va huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmagan
Foto: Игорь Коваленко / EPA / ТАСС

Tojikiston parlamentining quyi palatasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Mazkur hujjat joriy yilning mart oyi oxirida Xo‘jand shahrida uch davlat rahbarlari tomonidan imzolangan. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bu hujjatni «tarixiy» deb atadi.

Nashrning eslatishicha, uch davlat – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston – ilgari Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan paytda ularning chegaralari faqat ma’muriy tusda bo‘lgan va huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmagan.

SSSR parchalanganidan keyin chegara masalasi mamlakatlar o‘rtasida bir necha bor ziddiyatlarga sabab bo‘lgan. So‘nggi bor 2022-yilda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida ikki tomondan yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Dovut-ota» chegara punkti 1-sentabrgacha vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek