Kuchli shamol Toshkentdagi daraxtlarni qulatdi – foto, video
eʼlon qilindi
Hokimlik ogohlikka chaqirdi

Toshkentda yana chang-to‘zon ko‘tarildi. Shamol tufayli poytaxtning ayrim hududlarida daraxt shoxlari qulab tushdi.
Poytaxt hokimligi aholini mashinalarni daraxtlar ostida qoldirmaslikka va shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.


«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» korxonasi elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar bo‘lganini ma’lum qildi.
Shamol gaz ta’minoti liniyasiga ham zarar yetkazdi. Shahardagi avariya-qutqaruv brigadalari shay holatga keltirildi.

Video: Telegram kanal uzb-meteo
Avvalroq Kursiv Uzbekistan shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqqani haqida xabar bergan edi.