
Kuchli shamol sababli Toshkentda simlar uzilishi, daraxtlar qulash xavfi va havoda chang miqdorining ortishi mumkin. Shu munosabat bilan shahar hokimligi aholiga quyidagi tavsiyalarni beradi:
- Avtomobillarni daraxtlar va elektr tarmoqlari ostida qoldirmang;
- Imkon qadar ko‘chaga chiqishni cheklang, ayniqsa, chang yoki allergiyaga sezuvchan bo‘lsangiz;
- Harakatlanishda ehtiyotkorlikni saqlang;
- O‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang.
Favqulodda holatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qiling: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Avvalroq «Kursiv» nashri 23-may kuni kutiladigan ob-havo haqida yozgandi.