
2025-yil 1-iyuldan boshlab 15 ta tuman va shaharda, 2026-yil 1-yanvardan esa butun Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlashni tashkil etishning yangi usuli – tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, mavjud tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida yangi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi. Bu bo‘limlar aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv markaziga aylanadi.
Asosiy o‘zgarishlar:
- Oilaviy poliklinikalarda xizmat sifati tubdan yaxshilanadi;
- Tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ishiga natija asosida haq to‘lash tizimi joriy etiladi;
- Markaziy poliklinikalar markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘limlariga aylantiriladi;
- Tibbiyot xodimlari faoliyati aniq samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ba’zi tibbiyot xodimlarining maoshlari oshirilishi haqida xabar bergan edi.