T’way Air aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
Birinchi mehmon – K-pop guruhi Black Swan
Foto: Wikipedia

Janubiy Koreyaning arzon avialiniyasi T’way Air 23-maydan boshlab Inchon — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga to‘rt marotaba muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Yohnap axborot agentligi xabar berdi.

Reyslar har hafta dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 433 ming von (taxminan $315) dan boshlanadi.

Dastlabki reysda Toshkentga Black Swan K-pop guruhi olib kelinadi. Guruh 25-may kuni Humo Arenada konsert beradi.

Foto: Wikipedia

Black Swan guruhi 2011-yildan buyon faoliyat yuritadi. Dastlab ular Rania nomi ostida tanilgan. Hozirda guruh tarkibida to‘rt nafar ishtirokchi bor – ular Senegal, AQSh, Braziliya va Hindistondan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan My Freighter aviakompaniyasi Keniya poytaxtiga parvozlarni boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek