Avto

Xiaomi YU7 elektromobilining texnik xususiyatlari e’lon qilindi

Modelning narxi $37,2 mingdan boshlanadi
Xiaomi YU7
Xiaomi YU7 elektromobilining texnik xususiyatlari e’lon qilindi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi YU7 elektromobilining texnik xususiyatlarini taqdim etdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

U 681 ot kuchiga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 3,23 soniyada erishadi. Avtomobil 620 km masofani 15 daqiqalik quvvat bilan bosib o‘tadi. YU7 modeli 4999×1996×1608 mm o‘lchamlari va 3000 mm g‘ildirak bazasiga ega.

Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi

Modelning asosiy rangi – zumrad-yashil, jami 9 xil rangda taqdim etiladi. Avtomobilda UWB texnologiyasi yordamida avtomobil egasini tanib, eshiklarni avtomatik ochish xususiyati mavjud.

Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi
Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi

Salonda Nappa terisi bilan qoplangan o‘rindiqlar va 10 nuqtali massaj funksiyasi mavjud. Orqa o‘rindiqlar orqa suyanchiqlari 100° dan 135° gacha sozlanadi. «Osmondagi ekran» deb nomlangan 1,1 metrlik egri panel uchta Mini LED ekran bilan jihozlangan.

 Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi
 Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi

Orqa yo‘lovchilar uchun 6,68 dyuymli ekran mavjud bo‘lib, u avtomobil funksiyalarini boshqaradi.

YU7 uchta konfiguratsiyada taqdim etiladi:

  • YU7: RWD, 315 ot kuchi, 0–100 km/soat — 5,88 soniya;
  • YU7 Pro: AWD, 681 ot kuchi, 0–100 km/soat — 3,23 soniya;
  • YU7 Ultra: AWD, yuqori darajadagi komplektatsiya, 681 ot kuchi.
 Xiaomi YU7
Foto: Xiaomi

Ushbu model o‘z sinfidagilarga qaraganda arzon – $37,2 mingdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi SU7 Ultra mojarosi haqida yozgan edi. Unga ko‘ra, Pekin iqtisodiy-texnologik hududi tartibga soluvchi organlari havo oqimli dizayn ustidagi yolg‘on reklama bo‘yicha iste’molchilar da’volarini rad etgan va ularni sud orqali yechim topishga chaqirgan edi.