Dollar kursi bir hafta ichida qanday o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi (O‘zRVB) ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 16-maydan 23-maygacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 917,10 so‘mdan 12 915,90 so‘mga tushdi. Ammo hafta davomida keskin tebranishlar kuzatildi.
Eng katta pasayish hafta boshida, 19-may kuni ro‘y berdi — dollar kursi bir kunda 58,95 so‘mga tushib, 12 858,15 so‘mni tashkil etdi. 20-may kuni dollar 12 892,91 so‘mga yetdi (+34,76). 21-may kuni esa kurs yana ko‘tarilib, 12 937,93 so‘mni tashkil etdi (+45,02). Ammo bu o‘sish 22-may kuni davom etmadi – kurs 12 904,51 so‘mgacha tushdi (-33,42). 23-mayda esa kurs 12 915,90 so‘mga (+11,39) oshdi.
Shu tariqa haftalik tebranishlar ortidan dollar kursi deyarli bir hafta avvalgi darajasiga qaytdi.
25-apreldan 23-maygacha dollar kursining o‘zgarishi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8-maydan 16-maygacha bo‘lgan davrda dollar kursi 12 880,35 so‘mdan 12 917,10 so‘mgacha (+36,75 so‘m) ko‘tarilgani haqida yozgan edi.