Imom ota – Andijondagi yangi «Turizm qishlog‘i»

24-may 2025 21:43 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Imom ota – Andijondagi yangi «Turizm qishlog‘i» / Foto: Turizm qo‘mitasi

Xo‘jaobod tumanidagi Imom ota qishlog‘i «Turizm qishlog‘i» maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Boy tabiiy go‘zallikka ega bo‘lgan ushbu qishloqda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi tizimli ravishda olib borilmoqda.

Foto: Turizm qo‘mitasi

«Turizm qishlog‘i» maqomni tasdiqlovchi sertifikat Turizm qo‘mitasi vakillari, mahalliy hokimlik rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda topshirildi.

Marosim doirasida «Ichki turizm yarmarkasi» ham tashkil etildi. Unda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, ichki turizm yo‘nalishidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda tadbirkorlar, iste’molchilar va davlat idoralari o‘rtasida «B2B» va «B2C» uchrashuvlar o‘tkazildi. Turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatuvchilar ishtirokida ochiq muloqot ham tashkil qilindi.

Foto: Turizm qo‘mitasi
Foto: Turizm qo‘mitasi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i hamda Denov tumanidagi Sina qishlog‘iga ham «Turizm qishlog‘i» maqomi berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek