Avto

Nissan 2027-yilda yangi X-Trailʼni ikki xil dizaynda taqdim etadi

Foto: Nissan

Nissan kompaniyasi 2027-yilda yangilangan X-Trail modelini ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Yangi avlod krossover avvalgi modelning oʻlchamlari va proporsiyalarini saqlab qoladi, lekin old va orqa qismlaridagi dizayn elementlari butunlay yangilanadi.

Model ikki xil tashqi koʻrinishda taqdim etiladi. Elektr versiyasi zamonaviy LED yoritkichlar va eksklyuziv radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Yonilgʻi varianti esa Mitsubishi Outlander uslubiga yaqin dizaynni qabul qiladi, lekin plagin-gibrid tizimidan voz kechiladi.

Yangilangan X-Trail 5 va 7 oʻrinli konfiguratsiyalarda taklif etiladi. Salon toʻliq yangilanib, markaziy panelgacha choʻzilgan yirik raqamli displey bilan jihozlanadi.

Elektr versiyasi toʻliq zaryad bilan 600 kilometrgacha masofa bosib oʻtishga qodir boʻladi. Yangi avlod X-Trailʼning savdosi 2027-yilning oʻrtalarida boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan ishlab chiqarishning bir qismini AQShga koʻchirishi haqida xabar bergan edi.