Stanislav Skvirskiy Payme toʻlov tizimining bosh direktori etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bungacha u Payme moliyaviy mahsulotlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan
Станислав Сквирский
Stanislav Skvirskiy. Foto: Payme

Payme kompaniyasining bosh direktori lavozimiga Stanislav Skvirskiy tayinlandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, yangi lavozimda Skvirskiy kompaniyaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, yangi xizmat va mahsulotlarni yaratish hamda butun Payme jamoasini boshqarish bilan shugʻullanadi.

Stanislav Skvirskiy ushbu tayinlovga qadar Paymeʼda moliyaviy mahsulotlar departamentiga rahbarlik qilgan hamda daily banking (kundalik banking) yoʻnalishining rivojlanishiga masʼul boʻlgan.

«Jamoa bilan birgalikda biz moliyaviy xizmatlardan foydalanishni yanada soddalashtiramiz. Ularni har bir foydalanuvchi uchun qulay, tushunarli va yaqin qilamiz», — dedi Paymeʼning yangi rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Payme koʻmagida 1970-yillarda yaratilgan rassom Nikolay Jarskiyning uchta mozaikasi qayta tiklangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek