
Prezidentning 2025-yil 15-maydagi farmoniga muvofiq, nufuzli xalqaro, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari hamda terma jamoa rahbarlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori yangilandi.
Unga koʻra, nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari uchun mukofot miqdorlari:
- 1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937,5 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
- terma jamoa rahbariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming soʻm) miqdorida;
- 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562,5 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
- terma jamoa rahbariga — BHMning 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 mln 375 ming soʻm) miqdorida;
- 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 mln 250 ming soʻm) miqdorida;
- terma jamoa rahbariga — BHMning 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 mln 625 ming soʻm) miqdorida.
Xalqaro olimpiadalar gʻoliblari uchun mukofot miqdorlari:
- 1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 mln 250 ming soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
- 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 100 baravari (hozirgi vaqtda 37,5 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming soʻm) miqdorida;
- 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 mln 250 ming soʻm) miqdorida.
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari uchun mukofot miqdorlari:
- 1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 12 baravari (hozirgi vaqtda 4,5 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
- 2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 mln soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 mln 125 ming soʻm) miqdorida;
- 3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — BHMning 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 mln 250 ming soʻm) miqdorida;
- ularning oʻqituvchilariga — BHMning 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 mln 250 ming soʻm) pul mukofotlari beriladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston maktablariga 500 dan ortiq britaniyalik va boshqa xorijiy o‘qituvchilar jalb etilishi haqida xabar bergan edi.