Xiaomi Pad 7 Ultra: kompaniyaning eng kuchli plansheti taqdim etildi

24-may 2025 22:22 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Xiaomi’ning eng kuchli plansheti qaysi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi 15S Pro smartfoni bilan birga o‘zining eng kuchli plansheti – Xiaomi Pad 7 Ultra modelini ham rasman namoyish etdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

14 dyuymli OLED ekran va yupqa korpus

Planshet 14 dyuymli OLED 3,2K ekran bilan jihozlangan. Qurilmaning qalinligi atigi 5,1 mm, og‘irligi esa 609 gramm. Ekran ramkalari esa bor-yo‘g‘i 3,95 mm kenglikda.

Foto: ITHome

Xring O1 chipi

Xiaomi Pad 7 Ultra hamda 15S Pro smartfoni kompaniyaning yangi avlod protsessori – Xring O1 chipi asosida yaratilgan. Ushbu SoC AnTuTu’da 3 million ballga yaqin natija qayd etgan – bu esa planshetni bozordagi eng kuchli qurilmalardan biriga aylantiradi.

Uzun umrli batareya va 120 Vt tez zaryad

Planshet 12 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U 120 Vt quvvatda tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Audio va kamera imkoniyatlari

Xiaomi Pad 7 Ultra 8 ta dinamik va 4 ta kuchaytirgich bilan jihozlangan. Old kamera 32 MP bo‘lib, videoqo‘ng‘iroqlar va selfilar uchun yuqori sifatni ta’minlaydi. Orqa panelda esa ko‘p funksiyali kamera moduli joylashgan.

Narxlar

Planshet uch xil konfiguratsiyada taklif etilmoqda:

  • 12 GB / 256 GB — 790 dollar
  • 12 GB / 512 GB — 830 dollar
  • 16 GB / 1 TB — 945 dollar
Foto: ITHome

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi YU7 elektromobilining texnik xususiyatlarini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek