Fayzullayevning SSKA klubi Forbes reytingida eng yaxshi beshtalikka kirdi

25-may 2025 11:17 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Fayzullayevning SSKA klubi Forbes reytingida eng yaxshi beshtalikka kirdi / Foto: Ria novosti

SSKA futbol klubi Forbes reytingida Rossiyaning professional sport klublarini boshqarish samaradorligi bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi. SSKA bilan bir qatorda «Zenit», «Krasnodar», «Spartak» va SKA xokkey klubi ham kuchli beshlikda joy oldi.

Nashr tahlilga uchta yetakchi milliy liga – Rossiya Premer-ligasi (RPL), Kontinental xokkey ligasi (KHL) va VTB Yagona basketbol ligasi jamoalarini kiritdi. Yakuniy baholash yetti mezon asosida tuzildi: sport natijalaridan tortib moliyaviy barqarorlikkacha, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlikkacha.

Rossiyaning eng samarali TOP – 5 klubi:

  • «Zenit» (futbol) – barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi: sport yutuqlari, tomoshabinlar soni, daromad va foyda, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik:
  • «Krasnodar» (futbol) – barqaror rivojlanish modeli va ishonchli ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda:
  • «Spartak» (futbol) – tomoshabinlar soni va OAVda ishtirok etishning doimiy yuqori ko‘rsatkichlari:
  • SKA (xokkey) – xokkey klublari orasida eng yaxshisi, stadion to‘ldirilishi yuqori darajada va ishonchli moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega.
  • SSKA (futbol) – maydonda ham, boshqaruvda ham raqobatbardoshligini saqlab qoldi. Klub a’lo darajadagi moliyaviy natijalarni ko‘rsatdi (daromad bo‘yicha oltinchi o‘rin) va ekspertlarning yuqori baholariga sazovor bo‘ldi.

Armiyachilar, shuningdek, stadionni to‘ldirish bo‘yicha yetakchilardan biriga aylandi va Rossiya futbolining eng taniqli brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu SSKA’ni Frobes reytingida beshinchi o‘ringa olib chiqdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SSKA bosh murabbiyi Fayzullayev haqida muhim gap aytgani haqida yozgan edi.

Shuningdek