O‘zbekiston tovarlari ortilgan blok-poyezd Toshkentdan Fuchjouga yo‘l oldi

O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkentdan Xitoyning Fuchjou shahriga birinchi blok-poyezd yo‘lga chiqarildi.
Poyezd Xitoyga o‘zbek mahsulotlari yuklangan 50 ta vagonni yetkazib beradi. Temir yo‘l Ipak yo‘lining quruqlik va dengiz qismlarini o‘zaro bog‘laydi.
Poyezdni ishga tushirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Mamanbiy Omarov va Xitoyning Futszyan viloyati gubernatori Chjao Lun ishtirok etdilar.
Chjao Lun viloyat rahbariyati O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Omarov o‘tgan yili Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 6 million tonnaga yetganini qayd etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat tashqi savdo aylanmasi to‘rt oyda 18,2 mlrd dollarga yetgani haqida xabar bergan edi.