27-may kuni Chinorkent elektropoyezdi qatnovni amalga oshirmaydi
eʼlon qilindi
Texnik sabablarga ko‘ra

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent — Chinorkent — Toshkent tezyurar elektropoyezdlari qatnovni amalga oshirmaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» rasmiy sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, elektropoyezdlar harakati texnik sabablarga asosan bekor qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 15-iyundan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Afrosiyob elektropoyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida yozgandi.