Birinchi chorakda O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi qariyb 1,5 mlrd dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 168 mln dollarga ko‘p
O'zbekiston va Qozog'iston
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi qariyb 1,5 mlrd dollarga yetdi / Foto: AleksTaurus / depositphotos.com

2025-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston va Qozog‘istonning o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi $1,4 mlrdga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan $168 mlnga ko‘p. Bu haqda Kazinform nashri O‘zbekiston milliy statistika qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

Shu yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $24,6 milliardga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 foizga oshgan.

O‘zbekiston hozirda 183 ta davlat bilan savdo aloqalarini yuritmoqda. Savdo hamkorlari orasida yetakchilikni Xitoy (tovar ayirboshlash hajmi $4,1 mlrd (umumiy hajmning 17%), Rossiya (savdo hajmi 3,7 mlrd (15,1%) va Qozog‘iston egallagan.

Birinchi chorakda O‘zbekiston Qozog‘istonga $405,7 mlnlik mahsulot eksport qilgan, import hajmi esa $986,8 mlnni tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi to‘rt oyda 24,6 mlrdga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek