Yangiliklar

Dollar kursi oshdi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Dollar kursi
Foto: tanja.kitura@gmail.com / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 939,93 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 24,03 so‘mga oshdi.

Dollar kursi o‘tgan haftani o‘sish bilan yakunladi: 23-may kuni 11,39 so‘mga oshib,  12 915,90 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 26-may kuni bir AQSh dollarini 12 840 – 12 910 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 930 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.