Yangiliklar

Fond bozori: «Dori-darmon», «Uzbekinvest» va «OKMK» aksiyalari oʻsishga erishdi

UCI fond indeksi 1,89 foizga oshdi
«Dori-darmon», «Uzbekinvest» va «OKMK» aksiyalari oʻsishga erishdi. Foto: leungchopan

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 16-maydan 23-maygacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 1,89 foizga oshdi.

Eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Dori-darmon» (+4,61%), «Uzbekinvest» (+4%) va «OKMK» (+3,85%) joy oldi. Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Aloqabank» (-4,65%), «Oʻzmetkombinat» (-6,06%) va «Oʻzbekgeofizika» (-6,12%) yetakchilik qildi.

Bitimlar soni boʻyicha «Qizilqumsement» (462 ta bitim), «OʻzRTXB» (388 ta) va «Aloqabank» (228 ta) peshqadam boʻldi. Hajm boʻyicha esa «OʻzRTXB» (675,30 mln soʻm), «Hamkorbank» (188,22 mln soʻm) va «Oʻzmetkombinat» (82,46 mln soʻm) yuqori uchlikni egalladi.

Yuqori likvidli aksiyalardan yettitasi haftani ijobiy, bittasi oʻzgarishsiz, qolgan oʻn bittasi salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi 13,17 mlrd soʻm boʻldi (-34%). Birja savdolari soni esa 4,3 mingtani (+4%) tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kvarts» aksiyalari 7,4 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.