Avto

Geely EX5: O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan avtomobilning yangi versiyasi narxlari bilan taqdim etildi

Model CLTC sikliga ko‘ra 610 km masofani bosib o‘ta oladi
Geely EX5
Foto: Geely

Geely kompaniyasi Galaxy E5 yoki Geely EX5 nomi bilan tanilgan ixcham krossoverning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangi modifikatsiya haqida ma’lumotni Xitoyning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi asosida CarNewsChina e’lon qildi.

Geely
Foto: CarNewsChina

Model CLTC sikliga ko‘ra 610 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega. Dizayni o‘zgarmagan bo‘lsa-da, avtomobil kuchliroq akkumulyator bilan jihozlangan. Uning o‘lchamlari: uzunligi – 4615 mm, kengligi – 1901 mm, balandligi – 1670 mm, g‘ildirak bazasi – 2750 mm.

Geely
Foto: CarNewsChina

Yangilangan model kumushrang bezak elementlari va qora Geely logotiplari bilan ajralib turadi. Asosiy xususiyatlar qatorida qora romli oynalar, panoramali lyuk hamda 18 yoki 19 dyuymli g‘ildiraklar mavjud.

Geely
Foto: CarNewsChina

Avtomobil old qismida joylashgan 160 kVt quvvatga ega elektr dvigatel bilan harakatlanadi – u avvalgi modellar bilan bir xil. Asosiy yangilik akkumulyatorda: yangi batareya sig‘imi 68,39 kVt·soatni tashkil etadi. Bu avvalgi 49,52 kVt·soat (440 km) va 60,22 kVt·soat (530 км) batareyalarga nisbatan ancha ko‘p.

Barcha komplektatsiya tez va sekin quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, boshqa avtomobillarni zaryadlash uchun 3,3 kVt quvvat berishga imkon yaratadi.

Geely
Foto: CarNewsChina

Geely GEA platformasida ishlab chiqilgan yangi EX5 versiyasining narxi Xitoyda $15 mingdan $20,1 minggacha, Rossiyada esa boshlang‘ich narxi 3,7 mln rubl atrofida.

Xabarga ko‘ra, yangi akkumulyatorning umumiy ishlash muddati 1 mln km yurish yoki 3500 quvvatlash sikliga teng.

Oldin Kursiv Uzbekistan Geely brendi joriy yilda O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Autoswheeler nashriga ko‘ra, EX5 krossoverining narxi O‘zbekistonda taxminan 693 mln so‘m bo‘lishi mumkin. Hozircha Geely kompaniyasi O‘zbekistonga yangi modelning kelishi va narxi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Autoswheeler nashriga ko‘ra, Geely’ning EX5 krossoveri narxi O‘zbekistonda 693 mln so‘m atrofida bo‘lishi mumkin. Geely yangi krossoverining O‘zbekistonga olib kelinishi va uning mamlakatdagi narxi haqida kompaniya hali rasmiy ma’lumot taqdim etmagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Geely Galaxy M9 avtomobilining qachon taqdim etilishi haqida yozgandi.