Hamas AQShning G‘azo bo‘yicha sulh taklifini qabul qildi
eʼlon qilindi
Vositachilar orqali

Hamas harakati AQShning maxsus vakili Stiv Vitkof tomonidan ilgari surilgan G‘azo bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi. Bu haqda guruhga yaqin manbaga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi.
Ushbu taklif vositachilar orqali yetkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra Hamas ikki bosqichda 10 nafar isroillik garovdagilarni ozod etadi. Buning evaziga 70 kunlik sulh va G‘azo sektoridan qisman harbiy kuchlarni olib chiqish ko‘zda tutilgan.
Mazkur kelishuv urushni to‘xtatish va mintaqadagi vaziyatni yumshatish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo havo hujumida HAMAS yetakchisi o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.