
Kilian Mbappe 2024/2025-yilgi mavsumning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida «Oltin butsa» sovriniga sazovor boʻldi. Futbolchi «Real Madrid» safidagi debyut mavsumida La Ligada 31 ta gol urib, 62 ball toʻpladi.
«Sporting» forvardi Viktor Dyokerash 39 ta gol bilan yilning eng koʻp toʻp kiritgan futbolchisi boʻlsa-da, Portugaliya chempionatidagi pastroq reyting tufayli (1,5 koeffitsiyent) u 58,5 ball bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.
Bu bilan Mbappe 2004/05-yildan beri «Oltin butsa»ni qoʻlga kiritgan ilk fransuzga aylandi – oxirgi bunday yutuqqa Tyerri Anri erishgan edi. Shuningdek, u soʻnggi 10-yilda bu mukofotni olgan ilk «Real» futbolchisiga aylandi.
TOP – 5:
Kilian Mbappe («Real») — 62 ball;
Viktor Dyokerash («Sporting») — 58,5 ball;
Muhammad Saloh («Liverpul») — 58 ball;
Robert Levandovski («Barselona») — 54 ball;
Harri Keyn («Bavariya») — 52 ball.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» «Real»ni magʻlub etib, Ispaniya Kubogini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.