Lada Iskra uchun savdolar iyuldan boshlanishi kutilmoqda

26-may 2025 16:49 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Lada
Foto: Lada

Lada Iskra’ning yirik hajmdagi seriyali ishlab chiqarilishi faqat 2026-yil bahorida boshlanadi. Bu haqda IXBT AvtoVAZ’ning asosiy yetkazib beruvchisiga tayangan holda xabar berdi.

Bu xulosa VAZ’ning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lgan BRT kompaniyasi xabaridan kelib chiqqan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Iskra uchun komponentlar ommaviy yetkazib berilishi aynan keyingi yil bahoriga mo‘ljallangan.

Ishlab chiqarishning rasmiy yo‘lga qo‘yilishi 2025-yil 19-aprelda amalga oshgan. Modellar savdosi esa 2025-yil iyul oyida boshlanishi kutilmoqda. Ilk partiyalar allaqachon diler salonlariga fotosessiya uchun yetkazilgan, biroq yirik ishlab chiqarish faqat keyingi yilda yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, yangi Lada Iskra allaqachon BAAdagi AvtoVAZ’ning rasmiy dileri — Pearl Motors salonida ham paydo bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lada Vesta SW Sport yangi rang va diskalarda namoyon bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek