Gadjetlar

Lenovo 500 dollarlik yangi monoblokini taqdim etdi

Panelga 2,5K aniqlikdagi kamera o‘rnatilgan
Lenovo 500 dollarlik
Lenovo 500 dollarlik yangi monoblokini taqdim etdi / Foto: Lenovo

Lenovo kompaniyasi Xiaoxin 27 monoblok-kompyuterining 2025-yilgi yangi versiyasini Xitoyda rasman taqdim etdi. Bu haqda IXBT nashri ma’lum qildi.

Yangilangan model AMD Ryzen 7 H 225 protsessori, 100 Gs yangilanish tezligiga ega 27 dyuymli IPS ekrani va kuchli multimedia imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Ekran 1920×1080 piksellarni namoyish etadi, sRGB rang maydonining 99 foizini qamrab oladi va ko‘z uchun qulay Rhine Low Blue Light va Flicker Free texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Panelga 2,5K aniqlikdagi kamera o‘rnatilgan.

Foto: Lenovo

Harman 2.0 stereodinamikasi, ikkita shovqinni so‘ndiruvchi mikrofon, Wi-Fi 6, USB-C 3.2 Gen 2, HDMI 2.1, RJ45 va boshqa interfeyslar bilan jihozlangan qurilma ikki xil konfiguratsiyada taqdim etilmoqda: 16 GB tezkor xotira + 1 TB SSD hamda 32 GB xotira bilan shunga teng SSD.

Boshlang‘ich narx $635 etib belgilangan bo‘lsa-da, subsidiya bilan foydalanuvchilar uchun u $500 ga tushmoqda. Qurilma ish holatida atigi 26 dB (A) shovqin chiqaradi va ekran qiyaligini sozlash imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lenovo Legion Y700 yangilangan versiyasi Snapdragon 8 Elite bilan taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.