Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi
eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan

Bugun, 26-may kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan videoyig‘ilishda O‘zbekistonda milliy brendlarni ko‘paytirish va ularni xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi. Ushbu kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
- xorijdan tajribali mutaxassislar – brend-menejer, dizayner, marketolog va PR-menejerlarni jalb qiladi;
- xalqaro sertifikatlarga ega, sifati yuqori va eksportbop bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;
- ushbu mahsulotlarga sifat belgisi berib, ularning brendini jahon bozorida ommalashtirish uchun keng targ‘ibot kampaniyasini yo‘lga qo‘yadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston maktablariga 500 dan ortiq britaniyalik va boshqa xorijiy o‘qituvchilar jalb etilishi haqida yozgandi.